RPL. Azmun penaltini noaniq amalga oshirgan bahsda "Zenit" ishonchli g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
14 sen 2019, 00:00
Rossiya chempionati 7-turining ilk bahsida Zenit o'z maydonida Tulaning Arsenal klubini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar qozondi.

Mezbonlar safida Artem Dzyuba, Sebastyan Driussi hamda Oleg Shatov o'z nomlarini tabloga yozib qo'yishdi. Mehmonlardan esa Kantemir Berxamov javob goli muallifiga aylandi. Shuningdek, 1-taym o'rtalarida eronlik forvard Sardor Azmun penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi, lekin uning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Zenit hisobidagi ochkolar soni 20taga etdi va ular jadvalda peshqadam bo'lib turishibdi.


Zenit – Arsenal Tula 3:1 (1:0, 2:1)

Gazprom Arena

Gollar: 1:0 – 5 Dzyuba, 1:1 – 56 Berxamov, 2:1 – 66, penalti Driussi, 3:1 – 88 Shatov.

Zenit – Lunev, Smolnikov, Rakickiy, Duglas Santos, Jirkov (Karavaev, 90), Barrios, Kuzyaev (Shatov, 71), Ivanovich, Dzyuba, Azmun (Eroxin, 75), Driussi.

Arsenal Tula – Levashov, Bauer, Grigalava, Belyaev, Denisov, Berxamov (Kombarov, 64), Tkachev, Kangva, Kostadinov, Alvares (Volodko, 15), Lucenko.

Ogohlantirishlar: Denisov (39), Bauer (42), Lucenko (67), Azmun (75).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia