
"O'yin haqida nima deyish mumkin. Qiyin o'yin bo'ldi. "Lokomotiv"ga qarshi Toshkentda o'ynash og'ir. Ammo shogirdlarim birinchi bo'limda yaxshi o'ynashdi, tanaffusda men ko'proq e'tiborni himoyaga qaratib qarshi hujumga o'tishni tayinladim. Afsuski yigitlar meni ko'rsatmamni haddan tashqari o'zlariga olib himoyaga "o'tirib" olishdi. Natijada ikkita hujumni o'tkazib yubordik",
"Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinga kirishib keta olishmadi. Suxrob Ne'matov kutilganchalik o'ynay olmadi. U yanada yaxshi o'ynay oladi. Bugungi o'yinda Gadoev, Muhammadiev kabi o'yinchilarning o'ynamagani bizga ta’sir qildi. Bundan tashqari hujumchimiz Ilhom Shomurodov jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lgani ham bizni qiyin ahvolga solib qo'ydi" , - deydi Ro'ziqul Berdiev.