

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa Superligada "kuchli oltilik"ka kirish maqsadiga erisha olmaganini qayd etib o'tdi.
- "Bugungi uchrashuvda kuchli jamoa g'alaba qozondi. “Bunyodkor” bizga nisbatan ancha kuchli o'yin ko'rsatdi va xaqli g'alabaga erishdi. Agar penaltidan foydalanganimizda, balki o'yinni o'z tarafamizga og'dirgan bo'lardik. Afsuski, bu amalga oshmadi. Qizil kartochka ham o'z ta’sirini ko'rsatmay qolmadi. Shuningdek, G'olib G'aybullaevning boshidan olgan jarohati tufayli majburiy o'zgarishni amalga oshirishga to'g'ri keldi. "Bunyodkor" yaratilgan vaziyatlarini golga aylantira olgani ularga qo'l keldi. Afsuski, maqsadimiz bo'lgan "kuchli oltitalik"ka kirishni uddalay olmadik. Biz ham, muxlislarimiz ham bunday holatlarga tayyor bo'lishlari lozim. Tarkibimizdagi yetakchilar jamoani tark etgani o'z so'zini aytmasdan qolmadi. Hozirgi mavjud tarkibimizdan mo'jiza kutishdi, ammo buni amalga oshirish nihoyatda qiyin ish edi. Uchrashuvlarda ko'plab vaziyatlar yaratilmoqda, imkoniyatga ega bo'lyapmiz, ammo ularni golga aylantirishda tajriba yetishmayotganligi pand bermoqda. Hozirgi "Nasaf"ning yoshlari uchun bu kabi o'yinlar katta tajriba maktabi bo'lishi aniq. "Nasaf" yoshlarining kelajagi porloq", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tgan Ro'ziqul Berdiev.



