

“Biz bugun raqibga nisbatan yaxshiroq o'ynadik, ammo o'yinning so'ngi daqiqasidagi gol raqibimizga g'alaba keltirdi. O'yinning oxirgi daqiqalarida har ikkala jamoa gol urishga harakat qildi va omad mezbonlarga kulib boqdi.
Biz guruhdan chiqish uchun kurashni davom ettiramiz. Navbatdagi uchrashuv biz uchun juda muhim va guruhdagi vaziyatimizni o'nglash uchun g'alaba qozonishimiz shart”,-deydi Ro'ziqul Berdiev.



