Ro'ziqul Berdiev: “Futbolda gol urmasdan g'alabaga erishib bo'lmaydi”

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2018, 07:08
“Nasaf” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anujmanining ikkinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi raqibimiz bizga nisbatan juda tajribali  va mahoratli o'yinchilarga ega jamoa. Ular ushbu mahorati evaziga, bugun to'pni yaxshi nazorat qilishdi. Bu orqali bizga o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon berishmadi.  Afsuski tashkil etgan hujumlarimizni golga aylantira olmadik. Futbolda gol urmasdan g'alabaga erishib bo'lmaydi. O'ylaymanki, yosh futbolchilarimiz bunday o'yinlarda tajriba ortiradi va kelgusida kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi.

G'alaba qozonishni va muxlislarimizni xursand qilishni juda-juda hohlayapmiz, afsuski buni uddalay olmayapmiz. Ammo shu maqsaddagi harakatimizni to'xtatmaymiz.
Tarkibimiz qanchalik yosh va tajribasiz bo'lmasin, biz vaziyatdan chiqishimiz kerak. Biz bilamiz, muxlislar g'alaba kutishayapti.

Albatta, Aziz G'anievning jarohati ham bizga pand berayapti. Uni tezroq safga qaytishidan umid qilib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қизилқум” матбуот хизмати