Rojerio Seni Giggzning rekordini takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2014
Braziliyaning "San-Paulu" jamoasi darvozaboni Rojerio Seni bir jamoa safida g'alaba qozonish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.
U dushanba kuni "Goyyas" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Ushbu g'alaba darvozabonning "San-Paulu"  safidagi 590-g'alabasi bo'ldi. Posbon MYUning sobiq futbolchisi, 589ta g'alaba bilan rekord o'rnatgan Rayan Giggzning natijasini yangiladi.

Seni shuningdek, darvozabonlar orasida ham to'purar hisoblanadi. U raqiblari darvozasiga 123 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru