Roys "Sevilya"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini aytdi

Alisher
9 mar 2021, 08:38
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Sevilya"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz shanba kuni "Bavariya" (2:4)dan uchralgan mag'lubiyatni tahlil qildik, ertaga bizni katta o'yin kutmoqda, maqsadimiz - keyingi bosqichga chiqish. Biz mehmonda bo'lgani kabi hujumkor futbol namoyish etmoqchimiz.

Albatta, chorak finalga chiqish barchani biz bilan faxrlantirardi. Men ertangi o'yinga tayyor ekanligimizga ishonchim komil", - deydi Roys.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" va "Sevilya" o'rtasidagi javob o'yini bugun bo'lib o'tadi. Ilk bahs dortmundliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com