Roys faoliyatini "Borussiya"da tugatmoqchi. Klub bilan yangi shartnoma imzolash uchun u maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerak

Administrator
22 mar 2023, 22:40
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum o'z yakuniga etadi.

"Borussiya D" klubi futbolchisi Marko Roys klub bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Biroq, buning uchun futbolchi maoshi qisqarishiga rozi bo'lishi kerak. Roysning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. 

Roys "Kyoln"ga qarshi o'yindan so'ng faoliyatini aynan Dortmundda yakunlishni istayotganini va hammasi yaqin haftalar ichida aniq bo'lishini aytgandi. 

Ma'lumot uchun, Roys 2012 yildan beri "Borussiya" safida harakat qiladi. Ushbu mavsum futbolchi 21 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta assist qayd etishga erishdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland