

"Men avvalo Runi uchun xursandman. Runi terma jamoa safida eng ko'p gol kiritgan futbolchiga aylandi. U yana qancha gol uradi? Bu narsa uning yana qancha o'ynashiga bog'liq. Biz bir yilda o'rtacha 10ta o'yin o'tkazamiz. Agarda Yevropa chempionatida yaxshi ishtirok etsak, bu ko'rsatkich biroz oshishi mumkin. Umid qilamanki, Runi hech bo'lmasa 2018 yilga qadar terma jamoa uchun o'ynasa, u yana 20-30taga yaqin o'yin o'tkazadi. Bu bilan Runi 10-15ta gol urish imkoniyatiga ega bo'ladi", - deydi Roy Xojson.



