“Rostov” kelajagi sentyabrda hal bo'ladi, jamoa rahbariyati o'zgarishi mumkin

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2020, 19:30
Jurnalist Vyacheslav Korotkin “Rostov” rahbariyatida o'zgarish bo'lish ehtimoli borligini tasdiqladi.

Avvalroq, klub asosiy sarmoyadori, top-menejeri hamda bosh murabbiy Valeriy Karpin ketishi haqda boshqa bir OAV vakili Ivan Karpov yozgandi.

“13 sentyabr kuni Rostovda gubernator saylovi bo'lib o'tadi. Shu lavozimni egallab turgan Vasiliy Golubev nomzodlardan biri sifatida ro'yxatdan o'tgan. Agarda u g'olib bo'lsa, klubda o'zgarish yuz bermaydi. Bordiyu unday bo'lmasa, Karpov yozgani kabi ssenariy yuz berish ehtimoli yo'q emas”, deydi Korotkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru