"Rostov" Karpinning jamoadan ketishi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi

Alisher
13 iyul 2020, 18:28
"Rostov" bayonot berdi.

"Oldinroq OAVda klub rahbariyati va bosh murabbiyining "Rostov"dan ketishi borasidagi noto'g'ri ma'lumotlar tarqadi. "Rostov" prezidenti Artashes Arutyunyanc bu ma'lumotni rad etdi", - deyiladi klub xabarida.

Karpin "Rostov"ni 2017 yilning dekabridan beri boshqaradi. Mutaxassisning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "Rostov" Premer-ligada 28 turdan so'ng 44 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fc-rostov.ru