Rossiyalik sharhlovchi Kuarejmani Benzema bilan adashtirdi (video)

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2016, 05:40
Portugaliya terma jamoasi Evro-2016 yarim finalida Uelsni 2:0 hisobida mag'lub etib, turnir finaliga yo'l oldi.

Ushbu uchrashuvni Rossiyaning birinchi kanali orqali sharhlagan Viktor Gusev zaxiradan o'yinga qo'shilgan Rikardu Kuarejmani fransiyalik Karim Benzema bilan adashtirdi.

"Joao Moutino to'pni Benzemaga oshirdi, Benzema raqibni aldashga kirishdi" - deb Gusev jonli efirni davom ettirdi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Karim Benzema bilan "Real"da birga o'ynaydi.

TAS-IX



TAS-IX emas


Videoni Telegram orqali ko'chirib oling: TELEGRAM

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia