Rossiya terma jamoasi Qatarga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2016, 15:09
Rossiya terma jamoasi Qatar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Doxaga uchib ketdi.

Aslida samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:30da uchishi lozim edi, biroq ob-havo noqulay kelgani bois reys bir necha soatga kechikdi.
 
Qatar - Rossiya uchrashuvi 10 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
 
Doxaga 24 nafar futbolchi uchadi.

Darvozabonlar: Igor Akinfeev (SSKA Moskva), Soslan Janaev (Rostov Rostov-na-Donu), Stanislav Kricyuk (Krasnodar).

Himoyachilar: Vasiliy Berezuckiy (SSKA Moskva), Viktor Vasin ("Ufa"), Ivan Novoselcev (Zenit Sankt-Peterburg), Fedor Kudryashov (Rostov Rostov), Ilya Kutepov (Spartak Moskva), Andrey Semenov (Terek Grozniy), Roman Shishkin (Lokomotiv Moskva).

Yarim himoyachilar: Yuriy Gazinskiy (Krasnodar), Denis Glushakov,  Roman Zobnin, Dmitriy Kombarov (barchasi - "Spartak" Moskva), Aleksandr Golovin (SSKA Moskva), Aleksandr Eroxin (Rostov), Yuriy Jirkov, Pavel Mogilevec (ikkisi - Zenit Sankt-Peterburg), Aleksey Miranchuk, Aleksandr Samedov (ikkisi - "Lokomotiv" Moskva), Magomed Ozdoev (Rubin Qozon).

Hujumchilar:
Maksim Kanunnikov (Rubin Qozon), Aleksandr Kokorin ("Zenit" Sankt-Peterburg), Dmitriy Poloz ("Rostov" Rostov).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/TeamRussia