Rossiya terma jamoasi 5 iyun kuni Turkiya bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2018, 14:50
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) jahon chempionati oldidan Rossiya terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvlari rejasini imzoladi.

23 mart kuni Stanislav Cherchesov shogirdlari Moskvadagi "Lujniki" stadionida Braziliya terma jamoasi bilan o'ynashadi. 27 mart kuni rossiyaliklar Sankt-Peterburgda Fransiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichida Rossiya terma jamoasi yana ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. 30 may kuni Insbrukda Avstriya terma jamoasi va 5 iyun kuni Moskvada Turkiya terma jamoasi bilan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com