"Zenit" - Rossiya Superkubogi sohibi

7 avg 2020, 23:25
"Zenit" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi Olimp Superkubogi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi hisobni Artyom Dzyuba ochdi. U chap qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Ikkinchi taymda Ozdoev jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba bilan gol urdi - 2:0. 

Bunga "Lokomotiv" Vedran Chorlukaning goli bilan javob berdi xolos - 2:1. Shu tariqa "Zenit" o'z tarixida beshinchi marta Rossiya Superkubogini qo'lga kiritdi. 

"Lokomotiv" a'zosi Jasur Jaloliddinov mazkur bahsda ishtirok etmadi.


Zenit – Lokomotiv 2:1 (1:0, 1:1)
7 avgust, 21.00, VEB Arena
Gollar
: 1:0 – 14 Dzyuba, 2:0 – 69 Ozdoev, 2:1 – 72 Chorluka.
Zenit – Kerjakov, Lovren, Duglas Santos, Rakickiy, Karavaev, Barrios, Ozdoev (Eroxin, 88), Malkom (Mostovoy, 81), Azmun (Rigoni, 90), Dzyuba (Jirkov, 81), Driussi (Musaev, 88).
Lokomotiv – Gilerme, Ribus, Magkeev (Jemaletdinov, 69), Chorluka, Ignatev, Miranchuk (Ribchinskiy, 81), Barinov, Miranchuk, Kryxovyak, Serkeyra, Eder (Smolov, 62).
Ogohlantirishlar: Ribus (19), Magkeev (48), Driussi (59), Miranchuk (64), Ozdoev (67), Barinov (72), Miranchuk (78), Jirkov (84).




O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia