Rossiya kubogi. "Lokomotiv", "Krasnodar" chorak finalda, "Zenit" esa yo'q

27 okt 2016, 23:42
Rossiya kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan uchta bellashuv bo'lib o'tdi.


Kecha va bugun Rossiya kubogi doirasidagi bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepadigan "Lokomotiv" jamoasi "Krilya Sovetov" mehmoni bo'ldi va safarda ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Denisov ushbu bahsda to'liq harakat qildi.

"Krasnodar" esa "Orenburg" bilan kuch sinashdi. Bu bahsning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmadi. Qo'shimcha taymlarda esa "Krasnodar" chorak final masalasini hal etdi. Bu bahsda Odil Ahmedov uchrashuvning 17-daqiqasida Pavel Mamaevning o'rniga maydonga tushdi. "Orenburg" safida esa boshqa hamyurtimiz Vadim Afonin uchrashuvda to'liq ishtirok etdi.

Quvonarlisi, Odil Ahmedov hamda Vadim Afonin ushbu o'yinda jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qilishdi.

Nimchorak finalning eng kutilmagan natijasi "Anji" hamda "Zenit" jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvda qayd etildi. Mazkur uchrashuvda "Anji" "Zenit" darvozasiga javobsiz to'rtta gol kiritdi va musobaqaning amaldagi g'olibini nimchorak finaldayoq chiqarib yubordi.


Rossiya kubogi.

1/8 final.


Krilya Sovetov – Lokomotiv 1:3 (0:1, 1:2)

stadion Metallurg

Gollar: 0:1 – 19 Maykon, 0:2 – 50 Samedov, 0:3 – 63 Fernandesh, 1:3 – 75 Chochiev.

Krilya Sovetov – Konyuxov, Taranov, Yatchenko, Callagov, Nadson, Koncedalov, Rodich, Bato, Mollo, Kornilenko, Mbakogu.

Lokomotiv – Gilerme, Yanbaev, Chorluka, Mixalik, Denisov, Peychinovich, Denisov, Samedov, Fernandesh, Maykon, Miranchuk.


Anji – Zenit 4:0 (1:0, 3:0)

Anji-Arena

Gollar: 1:0 – 29 Gasanov, 2:0 – 62 Budkovskiy, 3:0 – 69 Budkovskiy, 4:0 – 79 Berisha.

Anji – Yurchenko, Gadjibekov, Mensa, Shandao, Musalov, Gasanov, Tigiev, Ilichevich, Berisha, Ebesilio, Budkovskiy.

Zenit – Kerjakov, Anyukov, Lomberts, Netu, Jirkov, Garsiya, Shatov, Maurisio, Mak, Juliano, Dzyuba.


Krasnodar – Orenburg 3:2 (0:0, 2:2, 1:0)

stadion Krasnodar

Gollar: 0:1 – 55 Breev, 1:1 – 57 Grankvist, 1:2 – 59 Oyevole, 2:2 – 67 Izmaylov, 3:2 – 100 Grankvist.

Krasnodar – Sinicyn, Kaleshin, Grankvist, Martynovich, Mamaev (Odil Ahmedov), Izmaylov, Petrov, Laborde, Gazinskiy, Podberezkin, Ari.

Orenburg – Gutor, Andreev, Oyevole, Poluyaxtov, Vorobev, Breev, Koronov, Afonin, Malyx, Efremov, Bamba.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia