Rossiya kubogi. Bugun Shomurodov va Hamdamov jamoalari o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2018, 12:33
Bugun Rossiya kubogi 1/32 finali doirasidagi 11ta o'yin bo'lib o'tadi.

Eldor Shomurodov o'ynayotgan "Rostov" klubi Rossiya uchinchi divizioni ishtirokchisi bo'lgan "Sizran-2003" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Dostonbek Hamdamov faoliyat olib borayotgan "Anji" ham uchinchi divizionda o'ynayotgan "Chayka" bilan safarda kuch sinashadi.

Bugun shuningdek "Spartak" "Chernomorec", "Zenit" "Volgar-Gazprom", "Lokomotiv" esa "Baltika" mehmoni bo'ladi.



*Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia