Rossiya futbol ittifoqi O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi haqidagi xabarga izoh berdi

Оқил Абдубарноев
8 avg 2022, 20:48
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) aloqa xizmati Rossiya futbol terma jamoasi kuzda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

Avvalroq Rossiya Eron, O'zbekiston va Xitoy kabi mamlakatlar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkinligi aytilgandi.

"OAVda ko'rsatilgan variantlar o'laroq, turli milliy federatsiyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda va RFIga oldindan rozilik javobini bergan mamlakatlar ham bor. Keyinchalik aniq ma'lumotlar e'lon qilinadi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq UEFA ijroiya qo'mitasi Rossiya klublari va jamoalarining tashkilotka qarashli turnirlarda ishtirok etishi bo'yicha bir qator qarorlar qabul qilgandi. UEFA keyingi mavsumda Rossiya Yevropa musobaqalarida, milliy terma jamoa esa Millatlar ligasida ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport24