Rossiya Evro-2020 oldidan 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2019
Rossiya terma jamoasi Evro-2020ga tayyorgarlik jarayonida kimlarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda RFI rasmiy sayti ma'lum qildi.

Stanislav Cherchesov jamoasi 28 mart kuni Shvetsiya, 31 martda Moldova va 2 iyun kuni Polsha bilan o'ynaydi. Bu uchta uchrashuv mehmonda bo'ladi.

Rossiya 6 iyun kuni Serbiyani o'z uyida qabul qiladi. O'yin o'tkaziladigan vaqt va stadionlar keyinroq e'lon qilinadi.

Rossiya terma jamoasi Evro-2020da "B" guruhidan joy olgan. Ular keyingi bosqich uchun kurashda Belgiya, Finlyandiya va Daniya bilan kurashishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: РФс