

Bu ma'lumotni Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov tasdiqladi.
“Taxminan 25 000 muxlis o'yinni bevosita stadiondan kuzatadi. Ma'lum miqdordagi chiptalar bepul tarqatildi. Shuningdek, 100-200 atrofida eronlik muxlislarning ham o'yinga kirishi kutilmoqda”, – dedi Leonov.

Ma'lumot uchun, Rossiya - Eron uchrashuvi ertaga, 10 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.00 da boshlanadi. Ikki kun avval Rossiya terma jamoasi Moskva shahrida Janubiy Koreyani 4:2 hisobida mag'lub etgandi.
E'tiborlisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 3-saralash bosqichida aynan Eron va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy olgandi.


