Rossiya chempionati. “Arsenal” durang o'ynadi

6 okt 2018, 00:56
Rossiya chempionatining 10-turida Tulaning “Arsenal” klubi o'z maydonida “Ufa” bilan durangga imzo chekdi.

Uchrashuvda mehmonlar hujumchisi Silvestr Igbun hisobni ochgan bo'lsa, mezbonlar ikkinchi bo'limda Georgi Kostadinovning aniq zarbasi evaziga muvozanatni tiklashdi-1:1.

“Arsenal” 10 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Ufa” 9 ochko bilan 13-pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia