Rossiya birinchi divizionida maoshlar chegaralab qo'yildi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2014, 11:47
Rossiya Milliy futbol ligasi (MFL) rahbariyati maoshlarni cheklashga qaror qildi.
Endi bu ligada ishtirok etayotgan murabbiylar, futbolchilar va klub ishchilari oyiga 300 ming rubldan ko'p maosh olmaydilar. Bu cheklov MFL yig'ilishida ko'pchilik ovoz bilan qabul qilindi. Bu borada liga rahbari Igor Efremov "Sport den za dnyom" nashriga intervyu berdi.

"Yig'ilishda ko'p masalalar ko'tarildi. Bir qator klub vakillari "Alaniya" va "Salyut"ning tushib qolgan holatidan tashvishdalar. Biz maoshlarni bir maromda ushlab turishga qaror qildik. Aniq summani rasmiy dokumentda ma'lum qilamiz. Bu qaror keyingi mavsumdan boshlab kuchga kiradi", - deydi Efremov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com