Rossiya. 7-tur. Vanderson va Joaozino "Krasnodar"ga g'alaba keltirishdi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2013, 10:03
Rossiya premer ligasining 7-turidan o'rin olgan yana bitta o'yin tunda bo'lib o'tdi.
"Krasnodar" o'z uyida "Volga"ni qabul qilib yirik g'alabaga erishdi. Vanderson dublga erishgan, Joaozino esa bitta gol urdi - 3:0. Shunday qilib "Krasnodar"ning ochkolari 11taga etdi. Vandersonning gollari esa 5ta bo'ldi. 


Krasnodar – Volga NN 3:0 (3:0, 0:0)
31 avgust, Kuban
Gollar:
1:0 – 11 Vanderson (Mamaev), 2:0 – 32 Vanderson (Joaozino), 3:0 – 45 Joaozino (Shipicin).
Krasnodar – Filcov, Grankvist, Endjeychik, Martinovich, Andjelkovich, Joaozino (Laborde, 82), Mamaev, Pereyra (Izael, 70), Gazinskiy, Shipicin, Vanderson (Ari, 62).
Volga NN – Komarov, Bulgaru, Polchak, Kolodin (Bordiyan, 46), Kovalchik, Putilo, Koncedalov, Ropotan, Karyaka (Bibilov, 71), Sychev, Shelton (Mukendi , 46).
Ogohlantirishlar: Karyaka (19), Kovalchik (30), Ropotan (35), Gazinskiy (40), Polchak (41), Endjeychik (86).
Chetlatish: Kovalchik (87).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia