Ronalduning transferidan uning agenti qancha mablag' ishlab olishi ma'lum

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018, 14:16
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning huquqlarini himoya qiluvchi agenti Jorje Mendesh mijozining transferidan qancha mablag' ishlab olishi ma'lum qilindi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, agentning mukofot puli 20-25 mln evroni tashkil qilishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchining transferi esa 100-120 mln evro atrofida bo'ladi. Oldinroq Ronaldu "Yuventus" bilan 4 yillik shartnoma imzolashi va yiliga 30 mln evro maosh olishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia