Ronalduning "Manchester Yunayted"da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2021, 20:12
"Manchester Yunayted" "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning transferi borasida muzokaralani davom ettirmoqda.

Mankunianliklar transfer va shartnoma bo'yicha rasmiy taklifni "keksa senorlar" va portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendeshga yuborishdi.

Muzokaralar yakuniy bosqich arafasida, transfer yaqin vaqt ichida e'lon qilinishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, Ronaldu mavsum uchun 25 million funt maosh evaziga 2 yillik shartnoma imzolaydi.

Avvalroq "Manchester Siti" Ronaldu transferi bo'yicha muzokaralardan voz kechgani ma'lum bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Yunayted"da 2003 yildan 2009 yilgacha to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano