Ronalduning "Inter Mayami"dagi ehtimoliy maoshi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
9 okt 2022, 14:08
"Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronaldu jamoasini "Inter Mayami"ga o'zgartirishi mumkin.

"Daily Star" xabariga ko'ra, Devid Bekxem klubi portugaliyalik futbolchi uchun yiliga 34 million evro maosh to'lashga tayyor turibdi. Manbaning yozishiga ko'ra, ayni damda Ronaldu uchun Yevropa klublari qiziqish bildirmayapti. Bunga uning katta maoshi sabab bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda Ronaldu APLning 6 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star