Ronaldu yuzidagi jarohat haqida: "Hammasi yaxshi, avvalgidek chiroyliman"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2018, 12:51
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Valensiya"ga qarshi bahs oldidan o'zini qanday his qilayotganini aytib berdi.

"Deportivo"ga qarshi uchrashuvda portugaliyalik forvard yuzidan jarohat olgan edi.

"O'yinlar vaqtida odatda raqiblar menga zarba berishadi, chunki ularning ishi meni to'xtatish. "Deportivo" bilan uchrashuvda shunchaki omadim kelmadi. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Hammasi joyida, avvalgidek chiroyliman, ko'zlarim ham a'lo darajada. Muammo yo'q" - deydi Ronaldu.

"Valensiya" - "Real" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca