Ronaldu "Yuventus"ning ertangi uchrashuvida o'ynamasligi mumkin

23 sen 2019, 21:25
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning "Breshiya"ga qarshi uchrashuvini o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud.

Portugaliyalik futbolchining son mushaklarida muammolar paydo bo'lgani tufayli, ertaga "Yuventus" katta ehtimol bilan Ronaldusiz o'ynaydi. Mauricio Sarri ham buni tasdiqladi. Chunki, Ronaldu so'nggi 7 kunda 3 ta o'yin o'tkazgani va natijada uning son mushaklarida charchoq alomatlari kuzatilayotgani keltirib o'tilgan.

34 yoshli Krishtianu joriy mavsumda A Seriyaning 4 o'yinida 2  ta gol va 1 ta assist qayd etdi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com