Ronaldu "Yuventus"da shartnomasi so'nggiga qadar qolmoqchi va shundan so'ng faoliyatini "Sporting"da yakunlamoqchi

Alisher
4 may 2021, 11:26
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin transfer oynasida klubdan kyetmaydi.

Portugaliyalik "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasining oxiriga qadar Turinda to'p tepmoqchi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Shundan so'ng u "Sporting"ga qaytmoqchi va Portugaliya klubida faoliyatini yakunlamoqchi.

Forvard "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoada 2002-2003 yillarda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset