Ronaldu xet-trigi haqida nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
13 mar 2022, 08:25
APL 29-turida MYU Krishtianu Ronalduning say-harakatlari evaziga “Tottenxem” ustidan (3:2) g'alabaga erishdi.

“Old Trafford”ga qaytganimdan keyingi ilk xet-trigimdan juda xursandman! Maydonga qaytib, jamoaga gollar va mehnating bilan yordam berganingdagi tuyg'uni hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydi.

Astoydil harakat qilsak, har qanday jamoani istalgan vaqtda mag'lub etishimizni yana bir bor isbotlashga erishdik. “Manchester Yunayted” uchun chegara yo'q! Nima bo'lmasin! Olg'a, “qizil iblislar”!, deya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga post joylagan portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/cristiano