Ronaldu: "Uzoq vaqt "Real"da o'ynamoqchiman, bu klub qalbimda"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2016, 10:06
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir bor klubini o'zgartirish rejalariga kirmasligini aytdi.

Oldinroq "Qirollik klubi" futbolchi bilan kelishuvni 2021 yilgacha uzaytirmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi.

"Real"da o'ynashda davom etishni orzu qilaman. Mening maqsadim shu. Uzoq vaqt "Real"da qolmoqchiman, bu klub qalbimda" - deydi Ronaldu.

Ronalduning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca