Ronaldu uning "Atletiko"ga o'tishiga qarshi muxlislarning munosabatiga smayl belgisi bilan javob qaytardi

Оқил Абдубарноев
29 iyul 2022, 21:29
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Atletiko" muxlislarining etiroziga o'zgiga xos javob qaytardi.

"Numansiya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (4:0) klub muxlislari tribunada "CR7 kelishiga qarshimiz" yozuvini ko'tarishdi.

Ushbu lavha aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqaldi. 

Portugaliyalik futbolchi ham bunga guvoh bo'ldi hamda kulgi belgisini aks etgan to'rtta emoji bilan javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu yangi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klub qidirmoqda. "Manchester Yunayted" esa ushbu turnirdan bebahra qolgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca