Ronaldu: "Real" Yaponiyaga tatil uchun kelgani yo'q, biz g'alaba qozonmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 11:20
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning so'zlariga ko'ra, jamoa klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'lmoqchi.

"Klublar o'rtasidagi jahon chempionati "Real" uchun juda muhim. Yilni yaxshi yakunlash uchun unda g'olib bo'moqchimiz. "Real" Yaponiyaga tatil uchun kelgani yo'q. Biz g'alaba qozonib, xursandchiligimizni muxlislar bilan bo'lishmoqchimiz" - deydi Ronaldu.

"Real" 15 dekabr kuni turnir yarim finalida "Amerika" klubi bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan 15:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca