Ronaldu qimmatbaho uyini katta chegirma bilan Pepega sotdi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2019, 13:27
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu vatanidagi qimmatbaho uyini himoyachi Pepega sotdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi vertolyot qo'nish joyi mavjud bo'lgan Portugaliyaning Geres shahridagi uyini 3,5 mln. funtga sotib olgan edi. Biroq Pepe ushbu villani katta chegirma bilan 2,3 mln. funtga sotib oldi.

Ronalduning Geresdagi uyi 800 kv. metrni tashkil qiladi.

Oldinroq, Krishtianu Ronaldu Marbelyadan uy sotib olmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Futbolchi agar ushbu villani 1,3 mln. funtga xarid qilsa, UFC sobiq chempioni Konor MakGregorning qo'shnisiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun