Ronaldu penaltidan urilgan gollar soni bo'yicha Primeroda uchinchi o'ringa chiqib oldi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2015, 08:19
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Valensiya"ga qarshi o'yinning (1:2) 14-daqiqasidan penaltidan hisobni ochdi.

Ammo uning jamoasi uchrashuvda raqibga mag'lub bo'ldi.

Shunday qilib, Ronaldu penaltidan urilgan gollar soni bo'yicha Primeroda uchinchi o'ringa chiqib oldi. Ronaldu Lyuboslav Penevga yetib oldi. Ispaniya chempionati tarixida 11 metrlik nuqtadan faqat Ugo Sanches (56) va Ronald Kuman (45) portugaliyalik futbolchidan ko'proq gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com