Ronaldu: "O'zimni so'nggi 20 yildagi jahonning eng yaxshi futbolchisi deb atay olaman"

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2016, 16:41
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini jahonning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.

"So'nggi 20 yillikdagi eng yaxshi futbolchilar orasida o'zimni qayerda ko'raman? Pozitiv o'ylash kerak. Fikrimcha, erishgan natijalarimdan kelib chiqsak, so'nggi 20 yilning eng yaxshi futbolchisiman. Eng yaxshilar o'zi shug'ullanayotgan sport turiga ta’sir ko'rsatadi. Bu ta’sir qanchalik kuchli bo'lganini vaqt o'tib bilib olish mumkin. Ammo agar tez yugursam, qolganlardan baland sakrasam va kuchli bo'lsam, bu iqtidorimni yanada foydaliroq qiladi. Yuqori darajada futbol o'ynash uchun ter to'kib mehnat qilganman va bu darajani ushlab turish uchun ishlashni davom ettiryapman" - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Undici