

Hayolimda men birga o'ynashni xohlaydigan ko'plab o'yinchilar bor. Biroq, men bir necha yil oldin olamdan ko'z yumgan hamyurtim Eysebioni tanlayman. U Portugaliya timsollaridan biri hisoblanadi. U ajoyib inson bo'lgan va men Eysebio bilan terma jamoada birga to'p tepishni istagan bo'lardim, – deydi 34 yoshli futbolchi.
Ma'lumot o'rnida, Eysebio 1965 yili Oltin to'p sovrinini va 1968 (42 gol), 1973 (40 gol) yillarda esa "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan. U futbolchilik faoliyatini hujumda o'tkazgan. Portugaliyalik afsona 2014 yilning yanvarida 71 yoshida bu olamni tark etgandi.



