

Unda jamoalarning barcha raqiblari ma'lum bo'ldi. Turnirning "o'lim guruhlaridan" biri H guruhiga to'g'ri keldi desak mubolag'a bo'lmas. Unda "Yuventus" va "Manchester Yunayted" o'zaro to'qnash keladi.
Qiziqarli tomoni, "Yuve" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2003-2009 yillar davomida harakat qilgan sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi va "Old Trafford"ga tashrif buyuradi. U "Orzular teatri"ga so'nggi marta 2014 yilda borgan va g'alabaga erishgandi.



