Ronaldu muxlislar tufayli "Real"ni tark etmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017, 10:45
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu rejalariga "Qirollik klubi"ni tark etish kirmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi klub rahbariyatiga to'liq ishonadi. Shu sababli u bazi muxlislarning xushtakbozligiga qaramay ispan grandidagi faoliyatini davom ettirmoqchi. Klub prezidenti Florentino Peres "Real Sosedad"ga qarshi bahsdan (3:0) so'ng, Ronaldu bilan suhbatlashib, u jamoaga hali foyda keltira olishiga ishontirdi.

So'nggi marotaba Ronaldu "Real Sosedad"ga qarshi bahsda xushtakbozlikka uchragan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca