Ronaldu: "Mourinyoning gapiga izoh berish shart emas"

5 avg 2013, 11:18
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Joze Mourinyoning so'zlariga izoh berishdan bosh tortdi, deya yozadi ispan matbuoti.
Futbolchi faqatgina ijobiy narsalar haqida o'ylashini, qolganiga e'tibor qaratmasligini ta'kidladi.

"Hayotda shunday narsalar borki, ularga izoh berib o'tirish shart emas. Men ma'lum sabablarga ko'ra bu gapga izoh berib o'tirmayman. Men har doim murabbiylarimni hurmat qilganman va ulardan kerakli narsalarni o'rganib boraman. Portugaliyada shunday naql bor: "Ovqat eydigan kosamga tupirmayman". Boshqa hech nima qo'shimcha qilmoqchi emasman", - dedi Ronaldu.


Eslatib o'tamiz yaqinda Mourinyo intervyularidan birida "Men 30 yoshimda Ronaldoni mashq qildirganman. Krishtianuni emas, haqiqiy Ronaliduni. Braziliyalikni", degandi.

Manba: championat.com