Ronaldu Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2022, 07:50
Bu haqda insayder Pedru Almeyda xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Manchester Yunayted”ni tark etishni xohlayotgan Krishtianu Ronaldu PSJga o'tishi mumkin. Parijliklar maslahatchisi Luis Kampos transfer masalasida hujumchining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashgan.

Avvalroq, MYU 37 yoshli futbolchini jamoada olib qolishga harakat qilayotgani aytilgandi.

Krishtianu o'tgan mavsum 37 o'yinda 24+3 natijaga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru