Ronaldu "Manchester Yunayted"ning 2023 yilgi taqvimidan o'rin oldi

Оқил Абдубарноев
2 yanv 2023
"Manchester Yunayted" tomonidan e'lon qilingan 2023 yil taqvimida Krishtianu Ronaldu joy olgan.

"Manchester Yunayted"ning 2023 yil yanvar oyidagi rasmiy taqvimida Ronalduning uchta surati bor.

Eslatib o'tamiz, noyabr oyida hujumchi va MYU o'zaro shartnomani bekor qilgandi. Bu voqea Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan keyin sodir bo'ldi. Bir necha kun avval portugaliyalik forvard Saudiyaning “Al Nassr” klubi futbolchisiga aylangandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/tomwfootball