Ronaldu klublar miqyosida 1000-o'yinini o'tkazdi

Omonjon To`xtamirzayev
15 fev 2024, 13:01
"Al Nassr" Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvida "Al Feyxa"ni mag'lubiyatga uchratdi (1:0).

Uchrshuvdagi yagona golni aynan Krishtianu Ronaldu urishga muvaffaq bo'ldi. Portugaliyalik shu kuni klublar miqyosidagi 1000-uchrashuvida maydonga tushdi. Umumiy hisobda milliy chempionatlar doirasida 685 uchrashuvda, Kubok bahslarida 98 marta va 217 bor xalqaro musobaqalar bellashuvlarida maydonga tushgan.

Ronaldu 1000 va undan ko'p o'yinda ishtirok etgan 7-futbolchi hisoblanadi. Ushbu ro'yxatda Rojerio Seni yetakchilik (1209) qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta Sports