Ronaldu - Instagram qiroli

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2021
Futbolchi Instagram akkauntida 300 million obunachiga ega.

Portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog'ida 300 million kuzatuvchiga ega bo'lgan birinchi odamga aylandi.

Krishdan keyingi eng ommabop akkauntlar ro'yxatidan restler va aktyor Dueyn Skala Jonson (246 million obunachi), amerikalik xonanda Ariana Grande (244 million) va model Kayli Jenner (241 million) joy olgan.

Barselona sardori Lionel Messi Instagram'da 219 million, PSJ hujumchisi Neymarning 152 million kuzatuvchisi bor.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyidayoq Ronalduning ushbu ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari 250 millionga etgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru