Ronaldu ilk milliarder futbolchiga aylandi

Alisher
5 iyun 2020, 10:45
Krishtianu Ronaldu ilk milliarder futbolchiga aylandi.

2019 yilda 105 million dollar (92 million evro atrofida) daromad ko'rgan "Yuventus" forvardi 1 milliard dollarlik marradan o'tdi.

Shunday qilib, futbolchi milliarder sportchi sifatida bokschi Floyd Meyveyzer va golfchi Tayger Vudslarning safiga qo'shildi.

Qayd etish kerakki, Forbes bunda Ronalduning butun faoliyati davomidagi olgan pullari, ish haqi, homiylik va boshqa investiciyalarni hisoblab chiqqan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Forbes