Ronaldu haqida tarqatilgan xabar “feyk”midi?

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020, 20:55
Bugun, ko'plab yirik nashrlar orqali “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Portugaliyadagi mehmonxonalarini koronavirusga qarshi kurash uchun kasalxona sifatida bepul foydalanish uchun taqdim etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma'lumot Marca tomonidan berildi va bu yolg'on ekanligi aniqlandi. Keyinchalik ispan nashrining rasmiy sayti hech qanday izohsiz 35 yoshli futbolchi haqidagi xabarni o'chirib yubordi. 

“Biz mehmonxonamiz va kasalxonaga aylanishni istamaymiz. Mehmonxona edik va shundayligimizcha qolamiz”, deydi muassasa xizmatchilaridan biri.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu oilasi va farzandlari bilan Portugaliyada bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal