Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan so'ng bokschi bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 okt 2017, 15:24
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, bokschi bo'lishi mumkinligi haqida aytib, hazillashdi.

Bu haqda 32 yoshli portugaliyalik "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi, hozirda televideniyada ishlayotgan Rio Ferdinandga aytdi.

"10 yildan so'ng o'zimni qayerda ko'ryapman? 10 yil - juda ko'p. Balki, siz kabi bokschi bo'larman" - deydi Ronaldu.

Oldinroq, 38 yoshli Rio Ferdinand o'z kuchini boksda sinab ko'rmoqchi ekanligi haqida aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph