Ronaldu faoliyatini qachon tugatishi haqidagi savolga javob berdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2024, 19:55
"Al Nassr" hujumchisi va Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu milliy jamoa bilan qanday xayrlashishi haqida gapirdi.

Futbolchining so'zlarini "A Bola" nashri keltirmoqda.

"Men bizning ranglarimiz shanini himoya qilishdan g'ururlanaman, bu orzu. Shu bois terma jamoani tark etar ekanman, hech kimni oldindan ogohlantirmayman, buni yaxshilab o'ylab ko'raman. Hozir terma jamoaga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman.

Ayni paytda biror bir jamoaga murabbiy bo'lish xayolimga kelgani yo'q. Men kelajagimni bu yo'nalishda ko'rmayapman. Men o'zimni futboldan tashqari boshqa ishlar bilan shug'ullanayotganimni tasavvur qilaman, lekin kelajakni faqat Xudo biladi", – dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola