

Portugalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatida ishtirok etish bo'yicha rekordchiga aylanadi.
Yaqinlashib kelayotgan Evro-2024 39 yoshli hujumchi uchun oltinchi qita birinchiligi bo'ladi.
Turnirda ishtirok etish soni bo'yicha Ronaldu birinchi o'ringa chiqib oldi va 5 ta Yevropa chempionatiga borgan Iker Kasilyasni ortda qoldirdi.
Shu bilan birga, Krishitano beshta musobaqaning har birida o'ynagan va tarkibga kiritilgan, ispaniyalik darvozabon esa beshta musobaqadan uchtasida maydonga tushgan.
Ronaldu ilk bor 2004 yil Yevropa chempionatida qatnashgan. O'shanda Portugaliya terma jamoasi finalda Gretsiyaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi (0:1).
2016 yil esa Krishtianu turnirda g'olib chiqdi.


