Ronaldu: “Evro-2024'ga ham bormoqchiman”

Eldor Akmurzayev
21 sen 2022, 08:10
Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu bo'lajak Yevropa chempionatida ham qatnashmoqchi.

“Yana qanchadir yil terma jamoaning bir qismi bo'lishga umid qilaman. Hali ham motivaciyam bor, maqsadlarim yuqori. Terma jamoadagi yo'lim hali nihoyasiga etmagan.

Bizda yaxshi yosh o'yinchilar ko'p. Jahon chempionati (2022)da bo'laman va Yevropa chempionat (2024)ga chiqishni xohlayman”, degan 37 yoshli hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Qatardagi mundial 20 noyabrdan 18 dekabrgacha bo'lib o'tadi. Evro-2024 bahslariga esa Germaniya mezbonlik qiladi va musobaqaga 9 oktyabrda qur'a tashlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Renascença